Ekopen korxonasi Avstriyaning GREINER EXTRUSION GMBH zamonaviy asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Biz PVX profillari ishlab chiqarishda dunyodagi peshqadam hisoblangan nemis kontserni VEKA xom ashyosidan foydalanamiz.
Mahsulot sifati Xalqaro ISO 9001:2015 sertifikati bilan tasdiqlangan. Biz O‘rta Osiyo hududi uchun maxsus profillarni yaratganmiz, bunda ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida – kiritilayotgan xom ashyoga, ishlab chiqarish jarayoniga, tayyor mahsulotlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq Evropa sifat andozalarini saqlab qolganmiz. – Laminatsiyaning yuqori sifati.
Butunlay bo‘yalgan PVX profillarini ishlab chiqarishda Evropadagi ilg‘or kompaniyalarning texnologik jarayoni va asbob-uskunalaridan foydalaniladi. Laminatsiyalashning nemis texnologiyalari, xamda Skai va LG Hausys kompaniyalari yupqa pardali laminatsiyasi tufayli, xatto og‘ir iqlimiy sharoitlarda xam profillar laminatsiyasining yuqori sifati saqlanib qoladi.
Ikki konturli zichlashtirishda devorlarning qalinligi 2,5 mm.dan 2,8 mm.gacha atrofda, kameralarning soni esa profilь tasnifining turiga qarab, 3 tadan 5tagacha bo‘ladi.
Ekopen profillarining issiqlik o‘tkazish ko‘rsatkichlari DIN 4108ga muvofiq bor-yo‘g‘i 0,16 Kcal/m2h°Cni tashkil qiladi. Solishtiri uchun bu ko‘rsatgich alyuminiy derazalarda 175 Kcal/m2h°Cga teng bo‘ladi
Ekopen profillaridan yasalgan derazalarni o‘rnatgan iste’molchilarning qishdagi isitish va yozdagi havoni sovutishga ketadigan harajatlari 1,5-2 barobarga kamayadi.
Ekopen kompaniyasi Evropaning Roto, Reze, Kale, Secil singari faqat sifatli furnitura ta’minotchilari bilan hamkorlik qiladi. Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan turk ishlab chiqaruvchisi Secilning mahsuloti bo‘lgan EPDM zichlagichlari TR singari boshqa materiallardan ko‘ra o‘nlab barobar yaxshiroq jipslashtirish xususiyatiga ega.
Profillari deraza konstruktsiyalariga ikki kamerali oynapaketlar o‘rnatish imkonini beradi.