Franchayzing

Franchayzing dasturining afzalliklari:

– Kiritilgan investitsiya miqdorida 1 yil davomida Ekopen maxsulotlariga 3% lik chegirma taqdim etiladi;

– Ekopen.uz sayti orqali hamda yagona call-markazga kelaetgan buyurtmalar bilan franchayzing egalari xududiga qarab ta’minlash;

– Ishlab chiqarish jixozlariga bepul texnik xizmat ko‘rsatish. Ko‘rgazma stendlari va reklama materiallari bilan ta’minlash (banner, ruchka, bloknot, flaer, kataloglar va h.k.);

– Ishchilarni maxsus kiyim va asbob uskunalar to‘plami bilan ta’minlash;

– Savdo do‘konining tashqi va ichki qismini Ekopen brendi uslubida bezatish;

– Bulardan tashqari yana bir kancha boshqa bonuslar (hodimlar uchun treninglar, franchayzerlar uchun maxsulotning birinchi navbatda ta’minlanishi va boshqalar).

Franchayzing tarmog‘iga ko‘shilish bosqichlari

1. Franchayzing olish uchun ariza to‘ldiring. Ariza blankasini olish uchun filiallarimizga, yoki (99871) 120 120 0 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

2. Biz sizni qiziqtirgan barcha ma’lumotlar bilan tanishtiramiz. Shu jumladan, savdo do‘koniga qo‘yiladigan talablar, dastlabki investitsiya miqdori va boshqa talablar. (Ariza topshirilgandan keyin 3 kun ichida)

3. Arizangiz kompaniya qoshidagi Franchayzing komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqiladi va 5 ish kuni ichida komissiya qarori sizga etkaziladi.

4. Savdo do‘koningiz uchun 3D dizayn yaratiladi. (8 ish kuni)

5. Savdo do‘koningizni 3D dizayn talablariga ko‘ra ta’mirlash ishlarini olib borasiz.

6. Ta’mirlash ishlariga qilingan harajatlar bo‘yicha qo‘shma dalolatnoma tuzilib, Franchayzing shartnomasi tuziladi.

7. Do‘kon na’muna stendlari va reklama materiallari bilan to‘liq ta’minlanadi va franchayzing do‘koningizning ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Franchayzing shartlari

1. Mijozlarining asosiy qismi jismoniy shaxslar bo‘lishi;

2. Ekopen kompaniyasi bilan uzoq muddat muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan bo‘lishi (3 yildan ortiq faoliyat olib borganlik maqsadga muvofiq) va shu jumladan: Ekopen maxsulotlaridan yillik savdo hajmi 100 mln so‘mdan yuqori bo‘lganligi; savdo muntazamligi; Istemolchilar tarafidan shikoyatlarning yo‘qligi; Shikoyatlar paydo bo‘lgan xolatda, ularni darxol bartaraf etilganligi;

3. Sado nuqtasiga ega bo‘lish; 


Savdo nuktasi talablari: 

– Shaxarlarda eki axoli yashash markazlarida serqatnov joyda joylashgan; 

– Yo‘l yuzida joylashgan; 

– Yo‘lovchilar va avtomobillar uchun qulay;

Ishlab chiqarish jixozlariga talablar:

– Sifatli payvandlash uskunasi; 

– Professional va ideal holatdagi arralar; 

– Ko‘chirish va frezerlash jihozlari; 

– Shtapikga ishlov berish jihozi; 

Kuyidagi xolatlarda franchayzing taqdim etilmaydi: 

– Sifatsiz deraza va eshik ishlab chiqarish va ishga masuliyatsiz yondashuv;

– Iste’molchilar tomonidan shikoyatlarning ko‘pligi; 

– Shikoyat paydo bo‘lgan hollarda uni bartarash qilmaslik; 

– Faqat ma’lum bir holatlarda qaysidir talabga to‘gri kelmagan arizalarga komissiya qarori asosida franchayzing taqdim etilishi mumkin.




    Please prove you are human by selecting the star.

    Call Now Button