Bizning biznes strategiyamiz

«EKOPEN» kompaniyasi PVX dan deraza yig‘uvchilariga nafaqat sifatli profil va tarkibiy qismlarini, balki birinchi o‘rinda zamonaviy marketing texnologiyalari, yuqori talab va sotuvlar rentabelligini ta’minlovchi Ekopen® savdo belgisi ostidagi maxsulotga asoslangan yuqori daromadli va raqobatbardosh biznesni taklif etadi. O‘zbekiston axolisi zamonaviy plastik derazalarni o‘rnatishning xususiyatlarini baxoladilar, ularga bo‘lgan talab doimiy ravishda o‘sib bormoqda, shuning uchun plastik derazalar ishlab chiqishni tashkil qilish – daromadli biznes bo‘lib, u faol rivojlanmoqda.

Ekopen ® profili bilan siz osonlik bilan bozor etakchilaridan o‘rin olasiz, negaki bizning barcha maxsulotlarimiz yuqori sifat va raqobatli narxlarga ega. Agar siz o‘z shaxringizda plastik deraza ishlab chiqarishni tashkillashtirmoqchi bo‘lsangiz, «EKOPEN» kompaniyasi sizga ishlab chiqarish majmuasini to‘g‘ri rejalashtirishga, tashkillashtirishga va rivojlantirishga yordam beradi. Ekopen kompaniyasi o‘z mijozlariga Ekopen® deraza va eshiklar profillar tizimi, furnitura, oynapaketlar uchun tarkibiy qismlarni, o‘rnatish materiallari, shuningdek PVX dan zamonaviy derazalarni yig‘ma ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan texnologik asbob-uskunaning butun spektrini taklif etadi.

Kompaniya texnologik asbob-uskuna komplektini tanlash, ishlab chiqarish maydonchasining dastlabki loyixasini ishlab chiqishdan shefmontaj va ishga tushirish-sozlash ishlarigacha injiniring xizmatlarining butun spektrini ko‘rsatadi. Ekopen® SB tizimli asosda texnologik seminarlar, deraza bozorida samarali sotuvlar malakasi bo‘yicha treninglarni o‘tkazadi, dilerlarga maxsus dasturiy ta’minot va texnologik asbob-uskunalarini taqdim etadi. Bizning dilerlik markazimizga murojaat qilib, siz buyurtmangiz qisqa muddatlarda tayyorlanib, ishlab chiqarishga etkazilishiga qat’iy ishonishingiz mumkin.

Zavod o‘z yuk va yarim yuk avtomobillar parkiga ega. O‘zbek bozorida ishlash yillarida «EKOPEN» kompaniyasi 280 dan ziyod ishlab chiqarish loyixalarini to‘liq ishlash rejimida amalga oshirdi. Toshkentning o‘zida Ekopen deraza tizimlarini ishlab chiqaruvchilarining 180 dan ziyod tsexlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi. Samarqand, Navoi, Buxoro, Urganch, Nukus, Termez, Qarshi, Marg’ilon, Guliston, Jizzax, Angren, Andijon, Namangan va Qo‘qonda tsex va firmali do‘konlar ochildi.

Call Now Button