Ekopen profillari bu:

Ekopen korxonasi Avstriyaning GREINER EXTRUSION GMBH zamonaviy asbob-uskunalari bilan jihozlangan. Biz PVX profillari ishlab chiqarishda dunyodagi peshqadam hisoblangan nemis kontserni VEKA xom ashyosidan foydalanamiz.

Mahsulot sifati Xalqaro ISO 9001:2015 sertifikati bilan tasdiqlangan. Biz O‘rta Osiyo hududi uchun maxsus profillarni yaratganmiz, bunda ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida – kiritilayotgan xom ashyoga, ishlab chiqarish jarayoniga, tayyor mahsulotlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq Evropa sifat andozalarini saqlab qolganmiz. – Laminatsiyaning yuqori sifati.

Butunlay bo‘yalgan PVX profillarini ishlab chiqarishda Evropadagi ilg‘or kompaniyalarning texnologik jarayoni va asbob-uskunalaridan foydalaniladi. Laminatsiyalashning nemis texnologiyalari, xamda Skai va LG Hausys kompaniyalari yupqa pardali laminatsiyasi tufayli, xatto og‘ir iqlimiy sharoitlarda xam profillar laminatsiyasining yuqori sifati saqlanib qoladi.

Energiya tejamkorligi

Ikki konturli zichlashtirishda

Ikki konturli zichlashtirishda devorlarning qalinligi 2,5 mm.dan 2,8 mm.gacha atrofda, kameralarning soni esa profilь tasnifining turiga qarab, 3 tadan 5tagacha bo‘ladi.

Iqlimiy o‘zgarishlarga chidamliligi

Ekopen profillarining issiqlik o‘tkazish ko‘rsatkichlari DIN 4108ga muvofiq bor-yo‘g‘i 0,16 Kcal/m2h°Cni tashkil qiladi. Solishtiri uchun bu ko‘rsatgich alyuminiy derazalarda 175 Kcal/m2h°Cga teng bo‘ladi

Iste’molchilarning sarf-harajatlari

Ekopen profillaridan yasalgan derazalarni o‘rnatgan iste’molchilarning qishdagi isitish va yozdagi havoni sovutishga ketadigan harajatlari 1,5-2 barobarga kamayadi.

Shovqindan saqlash

Nega Ekopen?

Ekopen profillaridan yasalgan deraza tizimlari shovqindan saqlash ko‘rsatkichi 45 Db ga teng. Bizning konstruktsiyalarimiz quyidagi binolarga o‘rnatish uchun tavsiya qilinadi:

  • Kasalxonalarda
  • Bolalar bog'chasida
  • Sanoat korxonalari yaqin bo‘lgan joylarga
  • Katta yo‘l bo‘ylariga

Sifatli furnitura

Ekopen kompaniyasi Evropaning Roto, Reze, Kale, Secil singari faqat sifatli furnitura ta’minotchilari bilan hamkorlik qiladi. Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan turk ishlab chiqaruvchisi Secilning mahsuloti bo‘lgan EPDM zichlagichlari TR singari boshqa materiallardan ko‘ra o‘nlab barobar yaxshiroq jipslashtirish xususiyatiga ega.

Oynapaket Ekopen

Profillari deraza konstruktsiyalariga ikki kamerali oynapaketlar o‘rnatish imkonini beradi.

Call Now Button