Tavsiyalar

Afzalliklar

Plastik derazalar amaliy jixatdan qulay va oddiydir, chiroyli va chidamli.
Plastik derazalarni sotib olayotib, derazangizning chidamliligi nafaqat PVX profili sifatidan, balki furnitura, oynapaket, yig‘ish va montaj sifatiga xam bog‘liq ekanligini unutmang.
Siz zamonaviy PVX profilidan tayyorlangan sifatli maxsulotni tanladingiz – ekologik toza va xavfsiz maxsulot. Sizning maxsulotlaringizning ko‘p yil va ishonchli ishlashi maqsadida Foydalanish, parvarish qilish va xizmat ko‘rsatish qoidalariga qat’iy rioya qiling.

Foydalanish qoidalari

Deraza va eshik konstruktsiyalarining xavfsiz ekspluatatsiyasi uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:

– deraza elementlariga xaddan tashqari kuch berish taqiqlanadi (masalan, tavaqaga og‘irliklar osish va .)

– tavaqa ostida deraza/eshik o‘rnatish taqiqlanadi

– tavaqani ochganda uning otkoslarga yopishishisha yo‘l qo‘ymang

– shamol va elvizakda deraza va balkon eshiklari yopiq turishi lozim

– Qo‘llarning tavaqa va korobka orasida qisilishidan extiyot bo‘ling.

– tavaqalari ochilmaydigan deraza bloklarini yuvishda extiyot bo‘ling.

– oynapaket, PVX-profillariga mexanik ta’sir o‘tkazishiga va yuzasining tirnalishiga yo‘l qo‘ymang.

Maxsulotlarni parvarish qilish

Dastavval montaj ishlari tugaganidan so‘ng barcha kirlanishlarni bartaraf eting.

Maxsulotning tashqi tomonidan ximoya qatlami montajdan ikki xaftadan so‘ng olib tashlanishi lozim. Yupqa qatlamning yopishtirish moddasi xavo ta’sirida o‘zgarib, profilda sariq iz qoldirishi mumkin.

Derazalar sizga uzoq muddat xizmat ko‘rsatishi uchun yiliga ikki marta deraza konstruktsiyalarining ko‘rib chiqilishini ta’minlash kerak.

Bunga quyidagilar kiradi: Furnitura xo‘z qaladigan elementlarini moylash (masalan, texnik vazelin yoki mashina moyi bilan);

Suvni qochiradigan teshiklarni kirdan tozalash;

Zichlagichni ko‘rib chiqib, tozalash; Maxkamlash elementlarini ko‘zdan kechirish. Oynapaket maxsus parvarishlashni talab etmaydi, shunchaki uni xar qanday mexanik ta’sirdan asrang. O‘zining kimyoviy tarkibi bo‘yicha PVX profil atmosfera ta’siri va ko‘plab kimyoviy birikmalar ta’siriga chidamli, lekin kislotali eritmalarga etarli darajada chidamli ema. Shuning uchun PVX profilidan derazalarni oddiy sovunli eritma yoki tarkibida ishqorlar bo‘lmagan eritgichlar bilan tozalash kifoya.

Namlik to‘planishi Oynapaket yuzalarida namlik to‘planish jarayoniga xavo namligining kattaligi ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori namlanish sabablari kvartirada ta’mir ishlari, taom tayyorlash, kir yuvish va quritish, uy gullarining ko‘pligi, ventilyatsiyalashning yaxshi ishlamasligi va nixoyat shunchaki insonning nafas olishi bo‘lishi mumkin. Namlikning to‘planishiga iliq nam xavo sovuq yuza bilan bir-biriga tegishining o‘zi kifoya.

Aynana oynapaket boshqa materiallardan farqli o‘laroq issiqlikni kam o‘tkazadi va uning yuzasida namlik to‘planmaydi. Shunday qilib, namlik to‘planishi ikki sababga ko‘ra tushib qoladi:
– xonada nisbiy namlikning yuqori qiymati.
– oynapaket yuzasining xarorati shudring nuqtasi xaroratiga yaqin. Namlikni pasaytirishning eng qulay va samarali usuli
– xonani tez-tez shamollatib turish. Namlik to‘planishining ilk ko‘rinishidayoq derazani oching va uni bir muddat qiyalangan/ochilgan xolatda qoldiring.

Deraza konstruktsiyalariga radiatorlardan issiq xavo oqimini to‘sib qo‘ymang. Xonada xavoning bemalol aylanishi uchun isitish elementlarini parda bilan to‘smang. Furnituraning mumkin bo‘lgan nosozliklari Furnituradan noto‘g‘ri foydalanish tufayli qator xolatlarda uning ishida nosozliklar uchrashi mumkin.

Buning mumkin bo‘lgan sabablari – furnituraning kirlanishi (masalan, qurilish aqlati bilan) yoki surtma yo‘qligi tufayli xarakatdagi elementlarning qaddan tashqari eskirishi. Agar deraza dastasi bo‘shab ketgan bo‘lsa, uning ostidagi bezakli plankani ko‘tarib, uni vertikal xolatdan gorizontal xolatga burang va burama mixlarni taranglating. Deraza dastasi maxkamlangan bo‘ladi. Deraza (eshik) bloklarining tovush izolyatsiyasi sifatlarining yomonlashuvida yoki xavo o‘tishining alomatlari paydo bo‘lganda tavaqaning korobkaga taqalish sifatini tekshirish lozim.

Furniturani sozlash, shuningdek Furnitura regulirovkasi, shuningdek detallarni almashtirish, tavaqalarni echish kafolat varaqasini bergan firma mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi lozim. Iltimos, mazkur qoidalar mazmunini boshqa iste’molchilarga xam etkazing. Ekopen SB maxsulotlarining kafolatli va servis xizmati. Kafolat xizmati faqat mazkur kafolat sertifikati taqdim qilingandagina amalga oshiriladi.

Kafolat xizmati quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi:
– eshik va deraza tavaqalarini uning romga ishqalanishi, shamol o‘tkazashi yuzasidan montaj paytidan boshlab 1 yil davomida sozlash (tayyor maxsulotni ishlab chiqaruvchi/montajchining javobgarligi).
– germetiklikning buzilishi xolatida oynapaketlarni montaj paytidan 2 yil davomida almashtirish (oynalar o‘rtasida paket ichida namlik to‘planishi). Oyna sifati bo‘yicha shikoyatlar montaj ishlarini qabul qilishda bevosita montaj tugatilish kunida qabul qilinadi (tayyor maxsulotni ishlab chiqaruvchi/montajchining javobgarligi).
– Montaj qilingan vaqtdan e’tiboran 25 yil davomida mustaqil ravishda dars ketgan romlarni almashtirish («Ekopen» SB).
– monatj qilingan kundan e’tiboran 3 oy davomida ishlaba chiqarish nuqsoniga ega bo‘lgan furniturani almashtirish (tayyor maxsulotni ishlab chiqaruvchi/montajchining javobgarligi).
– montaj kunidan e’tiboran 10 yil davomida zichlagichni almashtirish (tayyor maxsulotni ishlab chiqaruvchi/montajchining javobgarligi). Tavaqaning korobkaga qisishini ko‘paytirish-kamaytirish bilan bog‘liq tavaqalarning mavsumli regulirovkasi kafolatlanmaydi.

Tayyor konstruktsiyalarni qabul qilayotib nimalarga e’tibor qaratish lozim – profil yuzasini shikastlar mavjudligi predmetiga ko‘zdan kechiring
– payvand chokining sifati, ularning bir tekisligi va puxta qilinganligiga e’tibor qarating.
– shtapiklar ko‘ndalang kesimiga qarang: burchaklarda yaxshi birikyaptimi, tirqishlar yo‘qmi – drenaj tuynugi borligiga ishonch xosil qiling (romning pastki qismida).
– derazalarni yopiq xolatda ko‘zdan kechiring va tavaqaning romga maxkam yopishishini tekshirib, keyinchalik shamol o‘tkazishi mumkin bo‘lgan tuynuklar yo‘qligiga ishonch xosil qiling. – deraza dastasi va boshqa mexanizmlarning yurish ravonligini tekshiring.
– oynapaket toza bo‘lishi lozim. Oynalar o‘rtasida kir to‘planishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
– deraza romi va tavaqada kuchaytirish metali mavjudligiga ishonch xosil qiling (misol uchun, magnit PVX profilining yuzasidan ta’sirlanishi kerak).

Kuchaytirish metali PVX profilining teskari tomoniga kamida ikki o‘zi kesuvchi burama mixlar bilan maxkamlanadi. Bunday ikki mix orasidagi qadam oq rangli profillar uchun 400 mm, laminatlangan profillar uchun – 300 mm bo‘ladi. – montaj tirqishining bekitilishini nazorat qiling (montaj ko‘pigi qo‘llaniladi).

Otkoslar sayqalida ortiqcha montaj ko‘pini yo‘q qilib, uni uzoq xizmat qilishi uchun quyosh nurlari ta’siridan ximoya qilish lozim. – rom albatta anker/dyubel/montaj plastina va b. yordamida maxkamlanishi lozim (faqatgina montaj ko‘pigi yordamida maxkamlashga yo‘l qo‘yilmaydi). – montaj jarayonida deraza/eshik to‘g‘ri darajada o‘rnatilganiga ishonch xosil qiling (montaj brigadasidan gidrodaraja ko‘rsatkichlarini ko‘rsatishlarini iltimos qiling). Albatta deraza/eshikka montaj bilan birga buyurtma bering, – aslo uni mustaqil o‘rnatishga xarakat qilmang! Deraza/eshiklarga buyurtma berayotib, ishlab chiqaruvchi/montajchidan jami qiymatiga nimalar kirishini aniqlashtiring (montaj/demontaj, qanday maxkamlash vositalari, montaj ko‘pigi qo‘llaniladi, jami qiymatga moskitga qarshi to‘rlar va tokcha kirish/kirmasligini aniqlashtiring).

Derazalar qanday o‘rnatilsa – shunday ishlaydi. Eng yaxshi montaj – kafolat beradigan ishlab chiqaruvchi firma malakali brigadasining montajidir. Derazalarni aql bilan tanlang va ular Sizga uzoq va bekamu-ko‘st xizmat qiladi! Eslatma: Yig‘ish va montaj bo‘yicha kafolat majburiyatini deraza yoki eshik konstruktsiyasining ishlab chiqaruvchisi o‘z bo‘yniga oladi. «EKOPEN» kompaniyasi Ekopen savdo belgisi ostidagi PVX profili uchun javobgardir.

Call Now Button