Bizning afzalliklarimiz

Issiqlik izolyatsiyasining yuqori koeffitsienti

Zichlashning uch xissa konturi, profil tashqi devorlarining qalinligi 2,7 mm, shuningdek to‘rtinchi qo‘shimcha kamera – yuqorida sanab o‘tilgan Ekopen ® (Forward, Elite) profillarining konstruktiv xususiyatlari binolar ichida keskin kontinental iqlim zonalarida xaroratning farqida (+65°S) (-65°S) maksimal yoqimli xaroratni ta’minlaydi. DIN 4108 ga ko‘ra Ekopen ® profilining issiqlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi atigi 0,16 Kcal/m h°C ga teng bo‘lib, alyumin derazalarga qaraganda 175 Kcal/m h°C. Ekopen ® profilli derazalarni o‘rnatgan iste’molchilarning qishda isitish va yozda sun’iy iqlim xosil qilishga bo‘lgan xarajatlari 1,5-2 martaga kamayadi. Bizning deraza tizimlarimiz binolar ichidagi xaroratni yil davomida mo‘’tadillashtiradi.

Qishda xech qanday kondensatsiz

Ekopen PVX profillarining past termodinamikasi tufayli xaroratning tashqarida va ichkarida xar xilligida otkoslarda kondensat xosil bo‘lmaydi.

Yuqori ekspluatatsiya xususiyatlari

Ekopen ® profilidan derazalar maxsus parvarishlash, ta’mir va bo‘yashni talab etmaydi, siz o‘z vaqtingizni va, eng muximi, pulingizni tejaysiz. Ekopen ® profilidan derazani chang va kirdan tozalash uchun nam latta bilan artsangiz kifoya. Kompaundning noyob retsepturasi tufayli Ekopen ® profili xar qanday ob-xavo sharoitlariga chidamli bo‘lib, yorug‘likni qaytaruvchi yaltiroq oq rangli yuzaga ega, agressiv kimyo muxitlariga chidamlidir (ishxor, kislota). Biz O‘rta Osiyo va Qozog‘iston iqlim sharoitlarida profilning fizika-kimyoviy xususiyatlarining barqarorligiga 25 yilga kafolat beramiz.

Tovush izolyatsiyasining yuqori darajasi

Ekopen ® profillaridan deraza tizimlarining tovush izolyatsiyasining ko‘rsatkichi 45 Db ga teng. Bizning konstruktsiyalarimiz shifoxonalarda, bolalar boqchasida, sanoat zonalari va intensiv transport trafigiga yaqin joylashgan binolarda o‘rnatilishga tavsiya qilinadi.

Call Now Button