05.06.2023
Ertalab sizni shirin uyqudan quyosh nurlari uyg’otdi. Mo’jizaviy derazangizni ochdingiz, mayin shabada esmoqda. Afsuski, bu tush edi. Ko’chadagi shovqin: bolalar qiy – chuvi, mashinalar signali, kimdir baqirganicha sizni uyg’otib yubordi. Uning ustiga yoz faslidagi mayda mavjudodlar, chivinlar bezovta qilgan. Ha, yetmaganiga havo juda issiq. Xayolingizga bir zumga tashqaridagilarga gapirish, chivinlar uchun dori va uy uchun yangi konditsioner sotib olishingiz keldi. Lekin bir o’ylab ko’ring, bu yerdagi muammo deraza almashtirish bilan ham hal bo’ladi – ku. Faqatgina to’g’ri va sifatli deraza tanlolsangiz bol’di. Toshkentda sifatli derazalar deb nimadir izlayapsizmi? To’gri tushdingiz.
Endi sizning bu kabi muammolaringizni Ekopen kompaniyasi o’z mas’uliyatiga oladi. Sizga sifatli va mustahkam derazalar taqdim etadi.
Bizning derazalarimiz o’ziga xos dizayni, sifatli va ixchamliligi, keng assortimentga egaligi va ekologik jihatdan foydali ekanligi bilan boshqa derazalardan ajralib turadi. Derazaning o’rnatilish xonasiga qarab turli xil dizayn ko’rib chiqiladi va dizayn har bir xaridorning didiga qarab tanlanadi. Shuning uchun ham ular betakror va bejirimdir.
Bizning korxonada har bir deraza sifatiga kafolat beriladi. Korxonamiz faqatgina sifati bilan emas, balki quyidagi ko’rsatkichlar bilan ham ko’p xonadonlarda o’z o’rnini topadi:
– mustahkamlilik va ixchamlikni ta’minlaydi;
– oynaning qalinligi xona haroratini balansda ushlab turadi;
– shovqindan saqlaydi va sokinlikni taqdim etadi;
– chang va namdan himoya qiladi.
Ekopen korxonasi sizga alyuminiy va plastikdan tayyorlangan romlarni taklif qiladi.
Nega alyuminiy profilli deraza tanlashingiz kerak? Chunki ular:
– alyuminiy metalining hisobiga yengil bo’ladi;
– issiq va sovuqqa chidamli;
– tashqi ko’rinishi chiroyli va uyingizga alohida bezak beradi;
– ishqalanishdan uchqun paydo bo’lmasligi va yadro nurlanishga qarshiligi xavfsizlikni ta’minlaydi.
– rangini uzoq vaqtgacha ushlab tura oladi;
– sovuq va issiqqa bardoshli hisoblanadi;
– chidamli;
Shu bilan bir qatorda, Ekopen korxonasining o’z qadriyatlari mavjud. Ulardan biri atrof – muhitga zarar yetkazmaslikdir. Bizning kompaniya sizga Toshkentda sifatli derazalar taklif qiladi. Chunki ular atrof – muhitga do’stligi va tabiiyligi bilan boshqa material turlaridan farq qiladi. Sog’liq va atrof – muhitga mutlaqo zararli ta’siri yo’q. Nosozliklar kam uchrasa ham, uni qayta ishlab chiqarish mumkinligi uning ustuvorligini oshiradi. Lekin hamyonbop bo’lsin desangiz, plastik profilli derazalar – sizning xizmatingizda.Ekopen xizmatidan foydalaning, manzilingizgacha tez va xavfsiz yetkazib berish imkoniyatlari bor.