Ekopen eshik romlari haqida

13.06.2023

Eshik romlaridan iborat bo‘lgan tayyor ishlanmalar nisbatan ishonchli va katta o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega hisoblanadi. Albatta, yakuniy qaror qilishda ko‘p omillarga e’tibor qaratish lozim. Masalan, jamlanmada nimalar bo‘ladi,
yig‘ish tartibi qanday, o‘rnatish va hokazo jihatlar ko‘p narsani hal qiladi. Eshik romlari bu – “T” simon stvorkadan iborat bo‘lib, shtapik ya’ni steklopaketni ushlab turuvchi moslamadan iboratdir. Orqa qismida oshiq-moshiq bo‘ladi.
Aniqroq tushuntiramiz: eshigingiz tashqariga – ko‘chaga qarab ochiladi. Oshiq-moshiq ham mos ravishda tashqariga qaragan bo‘ladi. Shtapik esa ichkarida qoladi. Shtapik bu – tor taxta rekadan iborat to‘g‘ri to‘rtburchakli birlashuv va
qirralari yoysimon qotiruvchi moslamadir. Bugun Ekopen eshik romlari haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Ekopen eshik romlari qanday ustunlikkka ega?

Yuqorida sifatini sanab o‘tgan eshiklarimiz ko‘pincha do‘konlarga kiraverishda, xususiy uylarda va kottedjlarga o‘rnatiladi. Bundan tashqari, terrasalarga chiqishda ham qo‘llaniladi. Deraza romlari bo‘lsa Z-simon stvorkadan iborat
bo‘lib, unda shtapik va oshiq-moshiqlar bir qatorda joylashgan bo‘ladi. Shunday ekan, agar siz eshigingizni tashqariga ochishni reja qilayotgan bo‘lsangiz, oshiq-moshiq va shtapik ham ko‘chaga qaragan bo‘lishi kerak. Shu jumladan
teskarisida ham. Eshik romlari jamlanmasida “skoba-ruchka” degan moslama bo‘ladi. U o‘sha eshik ko‘p ochilib yopiladigan bo‘lsa uzoq muddat chidashiga yordam beradi. Yoki bosiladigan garnituradan iborat bo‘ladi.

Eshik romlari xususiyatlari:

– keng stvorka va ramadan iborat bo‘ladi;
– yopiq yoki qalinligi 2 mm bo‘lgan P-simon bo‘lmadan tashkil topgan;
– konstruktsiyani ishonchliligin oshiruvchi payvandlovchi tuyoqchalardan iborat;
– va boshqa detallari mavjud.

Aynan mana shunaqa sifatlarga ega bo‘lgan eshik va deraza romlarini Ekopen korxonasidan topishingiz mumkin. Har bir konstruktsiyaga kuchaytirgichlar o‘rnatiladi. Bu o‘z navbatida romlarni baquvvat bo‘lishini ta’minlab beradi.

PVX eshiklar haqida

Sifat va narx uyg‘unligini ta’minlash maqsadida bizning korxona darhaqiqat chiroyli va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishadi. Bu esa sizning interьeringizni yanayam bezatib berishi turgan gap. To‘g‘ri narxini belgilash uchun
quyidagilarga e’tibor qarating:

– PVX profilni eshik yoki deraza turiga qarab ajrating;
– o‘lchami va boshqa jihatlariga qarash kerak;
– qulfi – rolikli, tilchali va ko‘pzaporlik;
– xizmat turlariga nimalar kiradi.
– va hokazo.

Ekopen eshik romlari sizning binoingizni yorqin bo‘limlaridan biriga aylanishi turgan gap.

Buyurtma berish

Bizning yagona call-markazimiz quyidagi raqamlarda : (78) 120 120 0


    Please prove you are human by selecting the plane.

    Call Now Button