Ekopen akfa hamda boshqa profil va romlar

20.06.2023

Uy-joy, bino qurilish jarayonida ishlatiladigan ajobiy bir hazil maqol bor. Birinchi uyni dushmaning uchun qurib ber, ikkinchisini – qo‘shninga. Uchinchisini esa o‘zing uchun qurasan, deyiladi qisqa ma’nosi o‘sha maqolni. Mana shu hazil gapni inkon qilish uchun boshidanoq to‘g‘ri hisob-kitob qilib olish lozim. “Ha” va “yo‘q” degan omillarni taroziga qo‘yib aniq natijaga kelish kerak. Shundan so‘nggina qurilish ishlarini boshlash to‘g‘ri bo‘ladi. Bu orqali kelajakda xato qilmaslikka erishiladi, xafsala pir bo‘lmaydi. Eng muhimi katta miqdor pulga tushib qolinmaydi. Har qanday binoning chiroyiga ko‘rk beradigan narsalar bu eshik va derazalardir. Internetda ekopen akfa profil va romlar degan so‘zlar orqali mijoz o‘ziga kerakli korxonani izlaydi. Topganiga qo‘ng‘iroq qilib, ishi bitib ketaveradi. Bugun biz sizga Ekopen korxonasi haqida batafsil ma’lumot bermochimiz.

Ekopen akfa profil va romlar manzili qaerda?

O‘zim uchun uy qurmoqchiman, deganlar birinchi bo‘lib nimadan boshlasam ekan degancha o‘ziga savol beradi. Aynan shu savolni er ustida yashashga qaror qilganlar xayolidan o‘tkazadi. Shu bilan birga uy quraman, degan tushuncha hammada har xil bo‘ladi. Kimdir katta villani orzu qilsa, kimgadir kichkinagina hovli joy ham etarli bo‘ladi. Yana kimdir xaytek usulidagi jimjimador xonadonlarni xohlaydi. Boshqalar esa, shahardan chiqib ketib, tog‘ yon bag‘irlariga borib joylashadilar. Lekin, hammaga ham bir xilda eshik va derazalar kerak. Ekopen korxonasi sizga didingizga mos mahsulotlarni taklif qilaveradi. Ularning butun respublikamiz bo‘ylab tarqalgan tarmoqlari, kerak bo‘lsa Toshkent shahrida o‘nlab filiallar orqali ko‘nglingizni quovntiradigan profil va romlarni etkazib berishadi. Menga uy kerak, bino quraman deyish boshqa. Qurilish uchun sarflanadigan xarajatlar esa boshqa. Aksariyat hollarda chiqim ortib ketadi. Ammo, profil va romlar uchun boshidanoq to‘g‘ri tanlov qilinsa, yakunda o‘sha inson maysadiga erishadi.

Yana qanday muhim jihatlari bor?

Uy qurish oldidan yana nima muhimligini bilasizmi? Har bitta bino yoki inshoat qurish oldidan o‘sha inson shu soha bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi zarur. Ha, unga ilm kerak bo‘ladi. Agar qurilish sohasini tushunmasangiz – katta pulga tushasiz va sizni ko‘ngilni xira qilish kutadi. To‘g‘ri, darhol hammayam “prorab” bo‘lib qolmaydi. Ammo, biror bilan detal yoki xom-ashyoni xarid qilayotganingizda shu sohada ozgina bo‘lsa ham ilmga ega bo‘lsangiz – bu sizga faqat foyda bo‘ladi.

Mana shu bilimlarga qurilish materiallarining turlari, texnologiyasi, plyus va minus taraflari o‘zlashtirish kabi ilmlar kiradi. Deraza va oynalarni qaerga o‘rnatish, qaysi ko‘rinishda joylashtirish va hokazo bilish kerak bo‘lgan narsalar etarlidir. Shunday ekan, butun binoni qurib bitkazgunga qadar ketadigan barcha sarf-xarajatni aniq hisob-kitob qilib olish lozim.

Xalq tilida “korobka” degan ibora bor. Undan to‘rtta devordan boshqa hech narsa bo‘lmaydi. Ayrimlarida oddiygina eshik va derazalar o‘rnatilgan bo‘ladiki, ularni boshidanoq almashtirish maqsadga muvofiqdir. bu borada ekopen akfa profil va romlar orasida tanlov qilsangiz bo‘ladi. Sifati va narxi bo‘yicha eng ma’qulini tanlab, yakuniy qarorga kelasiz.

Xullas, do‘stlar bizni sizni o‘z manzilimizda kutamiz. Siz istagan profil va romlarni bizdan topasiz. Mahsulotlarimiz bilan fayzli uyingiz boyiting.

Buyurtma berish

Bizning yagona call-markazimiz quyidagi raqamlarda : (78) 120 120 0


    Please prove you are human by selecting the heart.

    Call Now Button