12.06.2023
Biznes muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, bankrot ham bo’ladi. Aynan shunday holatda brend nomini o’zgartirish yoki yangi bino qurish muammoni hal qilmaydi. Muvaffaqiyatsizlikning asl sababi uning ichki kamchiliklari yoki tajribasiz va tadbirkorlik bo’yicha bilimga ega bo’lmagan boshqaruvchi bo’lishi mumkin. Bunday vaziyat ichki kamchiliklarni to’g’irlash va boshqaruvchining o’zini o’zgartirishini talab qiladi. Shundagini muammo hal bo’ladi. Chunki ichki jihatdan kuchli bo’lish tashqi omillarning ta’sirini yopib keta oladi. Demak, biror narsaning chiroyli va bejirm bo’lishi uning sifatini kafolatlab berolmaydi. Shunga ko’ra, derazalarning ham chiroyli arxitekturasi uning mustahkam va chidamli ekanligini ko’rsatib bera olmaydi. Derazaning xizmat qilish muddati, ishonchliligi va estetik ko’rinishi xom ashyo sifatiga bog’liq va bunda profilning ahamiyati juda katta. Profillar buyurtma berish deb ko’pchiligimiz Internetda ma’lumot izlaymiz.
Ekopen korxonasi sifatining asosiy sababi uning mustahkam va ishonchli profillaridadir. Ekopen O’zbekistondagi qat’iy sifatli profil ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Bu korxona profil va montaj uchun ishlatiladigan barcha komponentlarga alohida ahamiyat beradi. Profillar oyna konstruktsiyalarining barqarorligi, energiyani tejashi, ovoz o’tkazmasligi, tashqi ko’rinishi va zichligi uchun javobgardir. Deraza ishlab chiqarish uchun esa PVX profillari eng yaxshi tanlovdir. PXV bu polivinilxlorid hisoblanib, plastik deraza ishlab chiqarishdagi kerakli materialdir. Uning ustun taraflari:
— tashqi zarbga va ob – havo o’zgarishiga bardoshli;
— yong’inga chidamli;
— yuqori energiya tejamkorligi;
— shovqin o’tkazmasligi;
— havo haroratini mo’tadil saqlab turadi.
Rom uchun PVX profillar ishlab chiqarish liniyasi uchta katta qismdan iborat:
— PVX profil ekstruziya liniyasi;
— Qorishma tayyorlash qismi;
— Laminatsiyalash qismi.
Shu uch tizmli ishlab chiqarish jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
— profilning kengligi va kameralar soniga yetarlicha kuch sarflanadi. Chunki u derazalarning barqarorligiga va issiqlikni tejash xususiyatlariga ta’sir qiladi;
— tashqi va ichki devorlarning qalinligi mustahkamlik, chidamlilik va yuk qarshiligi darajasiga ta’siri bor. Shuningdek, deraza konstruktsiyalarining shovqinni yutish darajasi va ularning energiya samaradorligi ham profil derazalarning qalinligiga bog’liq.
— PVX ekologik toza hisoblanadi va sog’liq uchun xavfsiz. Chunki rang berish va mustahkam qilish maqsadida qo’shilgan moddalarning ta’siri yo’q.
Shu bilan birgalikda, Ekopen korxonasi sizning xohishingizga qarab sizga to’g’ri profilli deraza tanlashingizda yordam beradi, ya’ni issiq, katta, rangli, xavfsiz yoki arzon bo’lishiga qarab turli xil profilli derazalar taklif qiladi. Profillar buyurtma berish masalasida bizga chiqavering. Ekopen – sizning qulayligingiz haqida qayg’uradi!