“Biz go‘zallik yaratamiz!” nomli tanlov

10.10.2022

Talib. In: Yangiliklar
Sharhlar: 0

Ekopen kompaniyasi PVX eshik va deraza ishlab chiqaruvchilar orasida “Biz go‘zallik yaratamiz!” nomli tanlov e’lon qiladi. Bizga eng sara ishlaringizni taqdim eting va sovrinlarimizdan biriga ega bo‘ling:

1 o‘rin – Turkiyaga 7 kunga 2 kishilik sayohat uchun yo‘llanma;

2-o‘rin – Samsung “42” televizori;

3-o‘rin – asbob-uskunalar to‘plami;

Hududiy sovrindorlar – Samsung changyutgichi

Tanlov davomiyligi: 2018 yilning 17 sentyabridan 23 noyabriga qadar.

Tanlov ishtirokchilari quyidagi hududlarga bo‘linadi:

Ø Toshkent;

Ø Toshkent viloyati;

Ø Andijon viloyati;

Ø Namangan viloyati;

Ø Farg‘ona viloyati;

Ø Qo‘qon shahri;

Ø Marg‘ilon shahri;

Ø Sirdaryo viloyati;

Ø Jizzah viloyati;

Ø Samarqand viloyati;

Ø Qashqadaryo viloyati;

Ø Buxoro viloyati;

Ø Surxondaryo viloyati;

Ø Navoiy viloyati;

Ø Xorazm viloyati;

Ø Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

Tanlov shartlari:

Eshik va derazalar ishlab chiqaruvchilar orasida o‘tkazilayotgan tanlovda ishtirok etish uchun:

– Ekopen PVX profillari yordamida o‘ziga hos va nostandart tarzda yasalgan va o‘rnatilgan eshik yoki deraza loyihalarining sifatli suratlarini olish.

– Tashkilot nomi, qatnashchining ismi-sharifi, ishlab chiqaruvchi tashkilot vakilining ismi-sharifi, ishlab chiqarilgan yili, profilь nomi, konstruktsiya o‘rnatilgan shahar, qatnashchining telefon raqamlarini ko‘rsatgan holda suratni telegramdagi Ekopenchilar (https://t.me/ekopenchilar) guruhiga joylashtirish.

Namuna:

1. OOO “Plast Servis”

2. Yoqubov Ilxom

3. 2018

4. Ekopen Forward

5. Toshkent

6. +998 XX XXX XX XX

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich. Eng yaxshi ishlar rasmini Telegram Ekopenchilar guruhiga 17.09.2018 dan 09.11.2018 ga qadar yuboring.

Unutmang! Tanlovda ishtirok etish uchun bir hamkor faqat bitta ishning suratini yuborishga haqli. Agar bitta ishtirokchi bir nechta ishlarini yuborsa, ulardan faqat bittasi qabul qilinadi. Oldinggi yilgi tanlovda ishtirok etgan ishlar bu yilgi tanlovda qabul qilinmaydi!

2-bosqich. Hududlararo g‘olib aniqlanadi. Telegram Ekopenchilar guruhidagi yuqorida ko‘rsatilgan har bir hudud bo‘yicha 1- eng yaxshi ishlar g‘oliblari 12.11.2018 dan 16.11.2018 yilga qadar ovoz berish yo‘li orqali aniqlanadi. Eng ko‘p ovoz sohibi bo‘lgan ishtirokchi o‘z hududining g‘olibiga aylanadi. Hududiy qatnashchilar orasida g‘olib bo‘lgan 16 g‘olibga changyutgich sovg‘a qilinadi.

Unutmang! Agar qaysidir hududdan 3 tadan kam ishtirokchi qatnashsa, ular to sovg‘aga ega bo‘lgunlariga qadar kamida 10 ta ovoz yig‘ishlari kerak bo‘ladi. Bunday holatda Ekopen hakamlari g‘olibni aniqlash yoki noloyiq deb topish huquqini o‘zida qoldiradi. Ishning murakkablik darajasi va estetik jihatiga e’tibor qilgan holda qaror qabul qilinadi. Shuningdek, ishlatilgan materialni, bajarilgan ishni tekshirish vakolatini ham o‘zida qoldiradi.

3-bosqich. Keyingi bosqichda, asosiy 3 taligimiz, hududlararo sardorlar orasidan Facebook (facebook.com/ekopen.uz/) sahifamizning obunachilarining «Yoqdi» («Like») belgisi orqali 19.11.2018 dan 23.11.2018 yilga qadar aniqlanadi. Facebook foydalanuvchilari orasida eng ko‘p “Layk” yiqqan qatnashchi quyidagi sovrinlarga ega bo‘ladi:

1 o‘rin – Turkiyaga 7 kunga 2 kishilik sayohat uchun yo‘llanma

2-o‘rin – “42” televizori

3-o‘rin – asbob-uskunalar to‘plami

Sovrinlarni topshirish jarayoni

-Sovrinlarni topshirish 2018 yilning 6 dekabrida Toshkent shahridagi bosh ofisda o‘tkaziladi.

-Sovrinlarni olish uchun tanlov g‘oliblari pasport bilan kelishlari talab etiladi. Qatnashchi sovg‘alarni qabul qilish/topshirish bilan bog‘liq hujjatlarni imzolishi kerak bo‘ladi.

-G‘olib o‘z sovg‘asini e’lon qilingandan boshlab, 10 ish kuni davomida olib ketishi shart. 10 ish kuni davomida g‘olib sovg‘ani olib ketmasa, u kompaniyaning shaxsiy mulki hisoblanadi. Kompaniya sovg‘ani qayta tanlovga qo‘yish huquqiga ega.

Umumiy eslatmalar:

-Qatnashchilar sovg‘a o‘rniga pul ekvivalentidagi to‘lov talab qilishga haqli emas.

-Kompaniya tanlov ishtirokchilari bilan xat yoki telefon orqali aloqaga chiqmaslik huquqiga ega. Bahs-munozara va tortishuvli vaziyatlar bundan mustasno.

-Kompaniya tanlovga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.

-Tanlovga o‘zgartirishlar kiritilgan hollarda kompaniya bu haqda https://ekopen.uz/rasmiy saytida hamda Telegram Ekopenchilar guruhida ma’lumot joylashtirish majburiyatini oladi.

-Sovrinlarni qabul qilib olgan g‘oliblar kompaniya iltimosiga binoan, interьyu berishlari, reklama maqsadida suratga va videoga olish jarayonlarida qatnashishlari, surat, videorolik va intervьyu natijalaridan, hamda g‘olib tasviridan foydalangan holda ommaviy axborot vositalarida foydalanishi uchun, shuningdek, sovg‘a taqdim qilish jarayoni uchun shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishga rozilik berishlari kerak bo‘ladi.

-Tanlovda qatnashish ishtirokchining foto/video materiallari kompaniya reklamasi uchun foydalanishga rozilik berishini bildiradi.

-Tanlov g‘oliblari O‘zR qonunchiligiga binoan, jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lash majburiyatlarini oladilar. O‘zR Soliq kodeksining 186-moddasiga ko‘ra, “Jismoniy shaxsning asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan sovg‘a, moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirganda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi”.

-Sovg‘alar almashtirilmaydi, qaytarib olinmaydi.

Omad yor bo‘lsin!

0 Sharhlar

Sizning e-mail manzili chop qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *

Izoh qoldirish

Call Now Button