ADWEEK reklama tanlovi

10.10.2022

Talib. In: Yangiliklar
Sharhlar: 0

ADWEEK reklama tanlovi o‘z nihoyasiga etdi va Ekopen kompaniyasiga naqd oltita mukofot taqdim etildi. Bunday yuqori natijaga birvarakayiga bir nechta jamoaning tirishqoqlik bilan qilgan mehnati samarasida erishildi.

Ayniqsa, «Dunyoga to‘siqlarsiz boqing» deb nomlangan reklama roligimiz katta e’tibor qozondi. Unda impostsiz derazalarning afzalliklari haqida hikoya qilingan. Quyidagi havola orqali o‘tib, rolikni tomosha qilishingiz mumkin: https://goo.gl/SZ9A4a. Mazkur loyiha «Kreativ» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi. U UNNO creative agency hamda Yappi Films prodakshn-studiyasi ko‘magida yaratilgan. Shuningdek, mazkur rolik «Kraft» hamda «Mahsulotning reklama roligi» nominatsiyalari bo‘yicha yuksak o‘rinlarga erishdi. Yana bir video-ishlanma – «Bir umrlik tanlov» ham «Kreativ» nominatsiyasi laureatiga aylandi – https://goo.gl/VXr1CG.

Yaqindan ko‘mak ko‘rsatgan Yappi Films prodakshn-studiyasiga o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Tanlovning brending kategoriyasi bo‘yicha «Firma uslubi» yo‘nalishida Ekopen kompaniyasiga yana bir g‘oliblik nasib etdi. Brendbukni yaratishda samarali hamkorlik uchun 360 reklama agentligidan minnatdormiz. Shu o‘rinda «Ochiq maktub» piar-aktsiyasini alohida ta’kidlab o‘tishni istaymiz, u deraza bozorining barcha ishtirokchilari o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatishga yordam berdi. Aktsiya UNNO kreativ agentligi ko‘magida o‘tkazildi.

Mazkur biznes-keys PR kategoriyasi bo‘yicha laureat deb topildi. De Facto marketing agentligiga sifatli marketing tadqiqod ishlarini o‘tkazgani uchun minnatdorlik bildiramiz. Zero, aynan uning asosida mazkur keysni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. ADWEEK reklama tanlovi nafaqat biznes-hamjamiyat, balki reklama bozorining barcha ishtirokchilari uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochadi. Bu O‘zbekiston marketing va reklama sohasining muvaffaqiyati va gullab-yashnashi olami sari qo‘yilgan dastlabki qadamlar ekaniga ishonamiz.

0 Sharhlar

Sizning e-mail manzili chop qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *

Izoh qoldirish

Call Now Button